O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

44-UMUMTA`LIM MAKTABI

Sport seksiyalari

Sambo

To`garak rahbari:

Sambo (rus. - qurolsiz oʻzini himoya qilish) - sport kurashi turi. Unga kurashning milliy turlaridagi eng samarali usullar asos kilib olingan. 20-asrning 30 yillarida paydo boʻlgan. Samboning sport (kurash) va jangovar turlari mavjud. Sambo kurashida kurashchilar maxsus belbogʻli kalta yaktak kiyadilar. Samboda rakibining koʻl va oyoqlaridan olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qoʻliga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan. Samboda oʻz oyogʻida tik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki ogʻrituvchi usul qoʻllanganda raqib oʻzini magʻlubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar boʻyicha farq 12 taga yetsa, rakib man etilgan usulni qoʻllab jazolansa sof gʻalaba qayd qilinadi. Rakiblardan biri sof gʻalabaga erisha olmasa, olishuv natijasi sportchilarning toʻplagan ballariga karab aniklanadi. Jangovar samboda kurashchilar boshga shlem, qoʻllariga barmoqlari ochiq qoʻlqop kiyib, ogʻizga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobakalashadilar. Jangovar samboda tepish, urish, ogʻrituvchi usullar koʻllash va boʻgʻish mumkin. Kurash 10x 10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda oʻtkaziladi. Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9 diametrli boʻlishi kerak. Kurash tanaffussiz 4-5 min. davom etadi. Samboning sport turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100, 100 kg dan ortik: kizlar (20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg dan ortiq; oʻsmir oʻgʻil bolalar (16-18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87, 87 kg dan ortik; oʻsmir kizlar (16-18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar. Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va SAMBO ning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar. Sambo boʻyicha Xalqaro havaskorlik federatsiyasi (FIAS; 1985 y. tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat aʼzo. 1980 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yildan samboning sport turi boʻyi