Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

44-UMUMTA`LIM MAKTABI

Sport seksiyalari

Shaxmat

To`garak rahbari:

Shaxmat, shohmot (fors. shohmot - shoh oʻddi) - sport turi. Oʻyindan maqsad raqib shohini mot qilish. Ikki xil (oq va qora) rangdagi 64 ta teng katakli taxta (sath)da ikki xil rangdagi 16 tadan dona (bittadan shoh va farzin, 2 tadan rux, fil va ot, 8 tadan piyoda)da oʻynaladi. shahrida musobaqa paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun vaqt (dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat va h.k.) va oʻyin tugamasa qoʻshimcha vaqt belgilanadi. Tezkor shahrida oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 min.dan) beriladi. Sirtqi shahrida har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.

Shahrining kelib chiqishi chaturanga oʻyiniga borib taqaladi. Arab xalifaligi davrida bu oʻyin "shatranj" nomi bilan ommaviylashdi. Arablar shaxmat  yozuvini joriy etgani uchun shaxmat oʻyinlari matniga oid qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy "Shatranj kitobi"da 819 yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda gʻolib chiqqan oʻrtaosiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy koʻplab shaxmat  voqealariga qahramon boʻlib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.

Shaxmat 11-asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. 15-asrda shaxmat  qoidalariga oʻzgarishlar kiritildi. 1512 yilda Rimda Damianoning "Bu kitob shaxmat oʻynashni oʻrgatadi" toʻplami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575 yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. 17-asrda Joakkino Greko (Italiya), 18-asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), 19-asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya- Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu oʻyinning rivojiga katta hissa qoʻshishdi. 1851 yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886 yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi shahrini yanada ommalashtirdi. 1924 yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987 yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000 yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni, deb eʼlon qilindi. FIDE shahridagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.

Oʻzbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972 yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (1- 2-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977 yilda Afrosiyob (Samarqand)da oʻtkazilgan tadqiqotlar chogʻida 7-8-asrlarga taalluqli 7 ta Sh. donasi topilgan. 9-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi alAdliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish (shashxol)ning bekor qilinishi va bu oʻyinning rivojlanishida Oʻrta Osiyo xalqlari muhim rol oʻynagan. Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston", Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn", Alisher Navoiyning "Majolis unnafois", "Lison uttayr", Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli maʼlumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda toʻplanishgan. Tabrizlik Ali ashShatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga oʻzining va 14-asrgacha Oʻrta Osiyoda yashagan koʻplab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. U sohibqironning oʻzi bilan ham shatranj oʻynab turgan.

20-asrning 20-yillaridan Oʻzbekistonda shahrining zamonaviy qoidalari keng targʻib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Koʻqon va boshqalar shaharlarda Sh. toʻgaraklari ochildi. Azmiddin Xoʻjayev, Sergey Freyman, Poʻlat Saidxonov, Zokir Xoʻjayev kabilar shahrini targʻib etishda jonkuyarlik koʻrsatishdi. 1930 yildan erkaklar, 1935 yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng koʻp - 8 martadan chempion boʻlishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning Oʻzbekistonga kelib, maʼruzalar oʻqishi, bir yoʻla oʻyin (seans)lar oʻtkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz shaxmat rivojiga samarali taʼsir etdi. 20-asrning 50-y. laridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulugʻbek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi Sh. jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmatshashka klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazila boshlandi, gazeta, jurnallarda shaxmat ruknlari, Oʻzbekiston televideniyesida shaxmat koʻrsatuvi ochildi, shahriga oid kitoblarni nashr etish yoʻlga qoʻyildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda gʻolib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy Aʼzamov esa Oʻzbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster boʻldi (1984).

20-asrning 90-yillaridan Oʻzbekiston shaxmatida yuksalish boshlandi. Erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat  olimpiadasida 2-oʻrinni egalladi (1992), Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi (1999). Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasida jahon birinchiligida gʻolib chiqdi (1998). Rustam Qosimjonov Osiyoning birinchi (1998), jahonning 17-chempioni (2004) boʻldi.

Manba: ww.uz.wikipedia.org/wiki/Shaxmat