Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

44-UMUMTA`LIM MAKTABI

Sport seksiyalari

Boks

To`garak rahbari:

Boks (ingliz box mushtlash, zarb) sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. B. tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qadimgi Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan. Zamonaviy boks vatani Angliyadir (1617-asrlar). Boksning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946 yil asos solingan) 160 mamlakat aʼzo (1999). B. 1904 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974 yildan jahon chempionati, 1979 yildan jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.

Boks musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6x6 metr oʻlchamli ring (supa)da oʻtkaziladi. Bokschilar ogʻirligi 270 gram (10 unsiya) qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 minut (daqiqa)dan 4 raund (boʻlim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaqtida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada koʻp ochko (xol) toʻplagan bokschi gʻolib deb topiladi. Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan bokschining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.

Xalqaro boks  musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga toʻlganlar qoʻyiladi. 16-17 va 14-15 yoshlilar oʻrtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar boksni ommalashtirish maqsadida oʻsmiroʻspirinlar oʻrtasida 12 tadan koʻproq vazn toifasida ham musobaqalar oʻtkazishadi. Oʻzbekistonda zamonaviy boks 20-asrning 20- yillaridan ommalashdi. Ilk boks  musobaqasi 1922 yil Toshkentdagi "Fortuna" sport jamiyatida oʻtkazilgan. Uni S.L. Jakson uyushtirgan. Bu murabbiy yuzlab bokschilarni tarbiyaladi.

Oʻzbekistonda keyingi yillarda sportga qaratgan eʼtibori natijasida boks  jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Boks federatsiyasi 1993 yildan AIBA aʼzosi. Mamlakatda 4 olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti va oʻnlab bolalaroʻsmirlar sport maktabida yoshlarga boks sirlari oʻrgatilmoqda. 20 dan ziyod zamonaviy boks zallari shugʻullanuvchilar ixtiyorida. Boks  milliy terma jamoasi 1999 yil jahon chempionatida faxrli 3 oʻrinni egalladi. Oʻzbekistonning R.Risqiyev, N.Anfimov, G.Ilyosov, M.Abdullayev, Oʻ.Xaydarov, R. Chagayev, T. Toʻlyakov, L. Zokirov, N. Otayev, T.Turgʻunov, H. Ahmedov, K. Toʻlaganov, R. Saidov, S. Mixaylov, D. Yorbekov, D.Avezboyev kabi bokschilari katta yutuqlarga erishgan.

Jahonda professional bokschilar (Boksni kasbga aylantirganlar) oʻrtasida toʻrtta yoʻnalish boʻyicha musobaqalar utkaziladi. Ularni jahon Boks kengashi (WBC), jahon Boks assotsiatsiyasi (WBA), xalqaro Boks federatsiyasi (IBF) va jahon Boks tashkiloti (WBO) uyushtiradi. Professional Boksda qoʻlqoplar birmuncha yengil - taxminan 227 gram (8 unsiya), raundlar soni 6, 8, 10, 12 ta boʻladi. Har bir raund 3 daqiqadan. Musobaqalar 17 vazn toifasida (47,627; 48,988; 50,802; 52,163; 53,524; 55,338; 57,153; 58,967; 61,235; 63,503; 66,678; 69,853; 72.575; 76,203; 79,379; 88,450 kg gacha va 88,450 kg.dan yuqori) tashkil etiladi.

Manba: www.uz.wikipedia.org/wiki/Boks