Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

44-UMUMTA`LIM MAKTABI

Sport seksiyalari

Futbol

To`garak rahbari:

Futbol (ing. foot - oyoq, ball - to`p) - sport o`yini, 2 darvoza (7,32 x 2,44 metr)li  maxsus maydon (90-120 x 45-90)da to`p bilan jamoa bo`lib o`ynaladi. Futbol  to`pining og`irligi 410-450 gram, aylana diametrining uzunligi 68-70 sm, o`yinning asosiy vaqti 90 minut (45 minuntdan 2 bo`lim, 12-15 minunt tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan bo`ladi. O`yindan maqsad raqib darvozasiga to`pni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qo`ldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qo`l bilan o`ynashi mumkin (jarima maydonchasida).

Futbolga o`xshash o`yinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum bo`lgan, keyin Yevropaga o`tgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij unversiteti o`qituvchilari futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk futbol klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya futbol uyushmasi tuzilib, futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy  Amerika davlatlarida ham futbol uyushmalari tashkil qilindi. 1896 yil futbol olimpiada o`yinlari dasturiga kiritildi. 1904 yilda xalqaro futbol federatsiyasi - FIFA tuziddi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F.Bekkenbauer, L.Yashin, Z.Zidan, K.Ronaldo va boshqa futbolchilar bu o`yinning jahonda ommaviylashishiga hissa qo`shishdi.

Manba: www.uz.wikipedia.org/wiki/Futbol