O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

44-UMUMTA`LIM MAKTABI

Sport seksiyalari

Voleybol

To`garak rahbari:

Voleybol 1895 yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutib yangi o‘yinning qoidalarini ishlab chiqdi. Oʻyin nomini avvaliga mintonett deb nomladi. 1896 yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “parvoz qiluvchi to‘p” degan ma’noni bildiradi. 1897 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi: 1. Maydoncha chegaralari 7,6 x 15,1 m 2. To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 198 sm 3. To‘pning vazni 340 g, aylanasi 63,5 – 68,5 sm 4. O‘yinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo. 1895-1920 yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha: 1900 y – Kanada, 1908 y – Kuba, 1909 y – Puerto-riko, 1910 y – Peru, 1917 y – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1900-1913 yillar – YAponiya, Kitay, Filippinda, 1914 y – Angliya, 1917 y – Fransiya.

Manba: www.uz.wikipedia.org/wiki/Voleybol