O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

44-UMUMTA`LIM MAKTABI

Sport seksiyalari

Milliy kurash

To`garak rahbari:

Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish san’ati ko’p xalqlarda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy o’rin olib kelgan. Milliy Kurashning xilma-xil ko’rinishlari O’zbekiston, Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg’oniston, Rossiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zavonaviy sport Kurashining asosiy qoidalari 18-asr oxiri - 19-asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912 yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, O’zbekiston 1993 yildan a’zo). Xalqaro maydonda sport Kurashining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda O’zbek Kurashi  ham alohida Kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olib boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan Kurash bilan shug’ullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan o’zbek turmush tarzining uzviy qismi bo’lganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qo’lyozmalar tasdiqlaydi. Qadim Baqtriya (O’zbekiston jan.) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham Kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi bo’lganidan dalolat beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (2-3-asr) va b. tarixiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari o’zlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart ko’yish yo’li bilan aniqlashgan va bu shartda Kurash musobaqasi bo’lgan. Bunga o’zbek xalq qahramonlik dostoni - „Alpomish“dagi Barchin shartlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Ibn Sino „Tib qonunlari“ asarida yozgan: „Kurashning turlari ham bir shulardan biri ikki kurashuvchining biri o’z raqibining belbog’idan ushlab o’ziga tortadi, shu bilan birga o’z raqibidan qutulishning chorasini qiladi…“. Bu ta’rif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshg’ariyning „Devonu lug’otit turk“, Alisher Navoiyning „Hamsa“, „Holoti Pahlavon Muhammad“, Zayniddin Vosifiyning „Badoye’ ul-vaqoye’“, Husayn Voiz Koshifiyning „Futuvvatnomai sultoniy“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida Kurash hakida qimmatli ma’lumotlar bor. 9-16-asrlarda Kurash xalqo’rtasida keng ommalashgan. Shudavrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon qabilar Kurash dovrug’ini oshirishgan. MINT EMINEM O’zbek xalq yakka kurashining belbog’li kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli ko’plab arxeologik topilmalar va tarixiy qo’lyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qad. Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbog’li kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qad. „Tanshu“ qo’lyozmasida Farg’ova vodiysida to’ylar, sayllar kurash musobaqalarisiz o’tmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xo’ja polvon va sh. k. Kurash ning ana shu turida shuhrat qozonishgan (19-asr oxiri - 20-asr boshi). Chorizm istilosi va sho’rolar davrida o’zbek milliy K.ini xalq turmush tarzidan sun’iy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-asring 90-yillari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991 yilda kurashchilar sulolasi vakili, bir necha kurash turlari bo’yicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov o’zbekcha kurashning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: Kurash tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 16 m gacha bo’lgan, chetroq qismi qizil rangli „xavfli chiziq“ bilan belgilangan ko’k-yashil tusli kurash gilamida tik turgan holatda bellashadilar. G’olib ishlatilgan usullar va maydondagi xatti-harakatlariga qo’yiladigan baholarga qarab aniqlanadi. Kurashda bo’g’ish, raqibga og’riq beruvchi usullar qo’llashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri ko’k, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4-5 sm li tasma (belbog’) bog’lanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, o’smirlar, o’spirinlar, yoshi ulug’lar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga olingan holda vazn toifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (1KA)ning 2003 yil Toshkentda o’tgan kongressi har bir uchrashuvning qizg’in bo’lishini ta’-minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 minut qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda „chala“, „yonbosh“, „halol“ baholari, qoidaga zid harakatlarga esa „tanbeh“, „dakki“, „g’irrom“ jazolari beriladi. Kurashuvchi „halol“ bahosini olsa (yoki raqibi „g’irrom“ bilan jazolansa) bu uning g’alabasini bildiradi. Ikki bor „yonbosh“ bahosini olish (yoki raqibining ikki bor „dakki“ deya jazolanishi) ham g’alabani anglatadi. „Chala“ baholari hisobga olib boriladi va h. k. Bahrlar tengligida oxirgi baho olgan kurash-chiga g’alaba beriladi, kurashchilarning baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega bo’ladi, jazolar soni teng bo’lsa oxirgi jazo olgan mag’lub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) bo’lsa, g’olib hakamlarning ko’pchilik ovoziga ko’ra e’lon qilinadi.

Manba: www.n.tarix.uz/milliy-kurash